Hozir qayt sog'inchlarim armon bo'lsin

Tonglarim nurafshon buncha, nafasi yoqimli buncha, umrimda birinchi bora, yurakda misli bir muncha.
Tunlarim pokiza buncha, havosi yoqimli buncha, yonimda uxlab yotganni, chiroyi haloldir shuncha.
Ul yorim chehrasinda, mehribon yurak namoyon, bag'rimga bossamki uni, hislar bepoyon oshiyon
Shuncha bor sevdim degandim, endi ayta olmay qoldim, hozirgi hislarimni, muhabbatdan ustun bildim.
Ich-ichimdan toz tuyg'u, kunlarim ozoda tuydim, umrimda birinchi bora, halol sevganimni sezdim.

Hozir qayt, bir quchoqlab, to'yib olib, ketguncha vaqt.
Keyin mayli, yo o'tmishga, yo xotiraga qaytar bo'lsang, bo'ldi endi...
Hozir ko'ray, bir ko'zlarim, to'yib olib, ketguncha vaqt.
Keyin rozi, yo uzoqqa, yo ko'z ko'rmas bo'lsang, bo'ldi endi.
Hozir kelgin, bir o'pib, to'yib olib, ketguncha vaqt.
Keyin bo'pti, yo unutmoq, yo nafratga qaytar bo'lsang, bo'ldi endi.
Hozirgina, bir muddatga, sezay seni, to'yib hidlab, bag'rimda uzo-o-oq quchsamu...
Keyin mayli, sog'inchlarim harom bo'lib, gunoh bo'lsa, bo'ldi endi.

Manba: www.sayyod.com


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan