Ertaklarni sog'indim bugun

Hanuz xotirotda sho'x-shodon kunlar,
Hargiz birga edi Alouddinlar,
Yaxshilik qilardi hamisha jinlar,
Shunday ertaklarni sog'indim bugun.

Odamlarga qiron solgan yalmog'iz
Bunyodning oldida cho'kkanda tiz,
Oliy haqiqatni etgan edim his,
Shunday ertaklarni so'g'indim bugun.
Yomon so'zdan tilin tiysa bu dunyo,
Ezgulikka sajda qilsa bu dunyo,
Jannat libosini kiysa bu dunyo,
Shunday ertaklarni sog'indim bugun.

Tohirjon O'rinov
Farg'ona viloyati
Qo'shtepa tumani
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan