"Xotinimning noshudligidan kuydim"

Ayolim bilan farzandsizlik tufayli ajrashgan edim. Xotinimni yaxshi ko'rardim. Ammo u befarzand yashashga rozi bo'lmadi. Tinchgina ajralishdik. Shundan so'ng uydagilarim menga boshqa umr yo'ldosh topishdi.

Bilishimcha, u ham tirnoqqa zor bo'lib, sobiq eridan ajrashgan ekan. Nikohdan o'tib, yashay boshladik. Ohimiz Yaratganga yetdi, shekilli, bizga egizak farzand berdi. Oradan ikki yil o'tar-o'tmas, qizlik bo'ldik. Ammo bu baxt menga tatimayapti. Xotinim bilan tez-tez janjallashib qolamiz. Oxirgi paytlarda u uyga kelmaydigan, kun uzog'i onasinikida bo'ladigan odat chiqardi. Ro'zg'orni ham tashlab qo'ygan. Bolalarim qarovasiz, sal gapiradigan bo'lsam, darhol: "Siz bilan ajrashaman, ortiq bunga toqat qila olmayman", deb dilimni xufton qiladi. Ajrashsammikin deyman-u, tilab-tilab topgan bolalarimni ko'zim qiymaydi.

Kamron
Qarshi tumani
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .
  • Fikr bildirilmagan